Kitob sharhi
✅6-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan 12-umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida jadid adabiyoti namoyandasi Abdulla Qodiriy kitobi yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi.
📌Kitob sharhida adibning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot berilib, uning mashhur asarlari mazmuni yoritildi. O‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi.
