Kitob sharhi
📚8-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Cho‘lponning “Qor qo‘ynidagi lola” asari yuzasidan bibliografik sharh o‘tkazildi.
📌Sharh davomida asarning mazmun-mohiyati, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda muallif ijodida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, asarda yoritilgan insoniy fazilatlar, milliy qadriyatlar va hayotiy voqealar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
📚Tadbir ishtirokchilari asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bibliografik sharh kitobxonlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
