Kitob sharhi
📚 29-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan "Koinot" bolalar oromgohiga tashrif buyurildi.
📖 Tashrif davomida bolalar o‘rtasida Primqul Qodirovning "Humoyun va Akmal" asari yuzasidan bibliografik sharh o‘tkazildi. Sharh jarayonida asarning mazmuni, qahramonlari, tarbiyaviy ahamiyati hamda muallif ijodi haqida batafsil ma'lumot berildi. Bolalar bilan asar yuzasidan savol-javoblar tashkil etilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi.
✨ Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy adabiyot mutolaasiga keng jalb etish hamda yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
