Kitob taqdimoti
19-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmat tomonidan "Kitobxonlar klubi" a'zolari o'rtasida Xitoylik yozuvchi Yuy Xuaning "Yashamoq" romani yuzasidan kitob taqdimoti o'tkazildi. "Yashamoq" insoniy qadriyatlar, sabr-toqat va hayotga bo‘lgan ishtiyoq haqida chuqur falsafiy fikrlarni o‘zida mujassam etgan asar bo‘lib, kitobxonni hayotning har bir lahzasini qadrlashga undaydi.