Kitob taqdimoti
❇️30-sentabr kuni Ma'naviyat va ma'rifat markazi Forish tuman bo'linmasi, tuman Axborot kutubxona markazi hamda 1-umumta'lim maktabi bilan birgalikda o'quvchilar o'rtasida "Millat fidoyilari" kitobi yuzasidan kitob taqdimoti o'tkazildi.
❇️O‘quvchilarga kitobdagi qahramonlar hayoti misolida vatanparvarlik, milliy g‘urur, fidoyilik kabi qadriyatlar haqida tushuntirilib, ularni chuqur o‘rganish va hayotga tatbiq etish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar kitobdan o‘rin olgan qiziqarli ma’lumotlar, tarixiy voqealar hamda ulardan olinadigan saboqlar haqida fikr almashdilar.