Kitob taqdimoti
❇️27-oktabr kuni Forish tuman Axborot kutubxona markazi hamda 1-umumta'lim maktabi bilan birgalikda faol kitobxonlar o'rtasida Erkin Vohidovning "O'zbegim" kitobi yuzasidan kitob taqdimoti o'tkazildi.
📖 Tadbir davomida o‘quvchilar shoirning hayoti va ijod yo‘li bilan tanishdilar, “O‘zbegim” asaridagi milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zbek xalqining mehr-oqibatli fazilatlari haqida fikr almashdilar.
✨ Bunday tadbirlar yoshlar qalbida kitobga mehr, milliy adabiyotga hurmat hamda ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.