"Kitob taqdimoti"
📚29-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Forish tuman bo‘linmasi, Forish tuman axborot-kutubxona markazi, hamda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamkorligida ma'naviy marifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va milliy adabiyotga qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.
📌Tadbir davomida “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Quyoshga qarab oqqan suv” asari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda asarning mazmun-mohiyati, hayotiy falsafa, insoniylik va vatanparvarlik g‘oyalari haqida suhbatlashildi. Kitobxonlar asar yuzasidan o‘z taassurot va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
✨Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Forish tuman bo‘linmasi xodimi tomonidan badiiy kitob bilan taqdirlandi.
