"Kitob taqdimoti"
📚8-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamkorligida faol kitobxonlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
📌Tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori Akramov Mirmuxsin Rustamovichning “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” hamda “Shaxsda ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📚Taqdimotda kitoblarning mazmun-mohiyati, psixologiya sohasidagi ahamiyati va yoshlar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar savollariga javob olib, kitoblar yuzasidan taassurotlarini bildirdilar.
