Kitob taqdimoti
✅ O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan 21-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorligida faol kitobxonlar o‘rtasida “Odil Yoqubovning Ulug'bek xazinasi” nomli asari yuzasidan kitob taqdimoti o‘tkazildi.
📌Taqdimotda yozuvchining mashhur “Ulug‘bek xazinasi” romaniga bag‘ishlandi. Asarda buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning hayoti, ilm-fan yo‘lidagi intilishlari, ma’rifatparvarlik faoliyati hamda o‘z davrida ilm ahliga bo‘lgan munosabati badiiy mahorat bilan yoritilgani ta’kidlandi.
