Kitob targ'iboti
📚 19-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan 2-son bolalar bog‘chasiga tashrif buyurildi. Ular bolajonlarga turli xil ertak kitoblarini ko‘rsatib, o‘zbek va jahon xalqlarining eng qiziqarli ertaklarini o‘qib berdilar. Tashrif davomida bolalar kitoblar olamiga sayohat qilib, yangi qahramonlar bilan tanishdilar. Bu uchrashuvning maqsadi – kichkintoylarda kitobga mehr uyg‘otish va ularni kelajakda aqlli, tarbiyali, barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishlariga yordam berishdir