Kitob targ'iboti
📚 24-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Bog‘don MFYda yashovchi Ziyoyeva Makkamtosh aya xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida unga turli yangi badiiy kitoblar tavsiya etilib, kitob o‘qishning foydalari haqida ham samimiy suhbat olib borildi.
✨ Mazkur tashrif nafaqat kitoblar targ‘iboti, balki kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish va oilalarda mutolaa an’analarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.