Kitob targ'iboti
📚 25-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan amir Temur MFYda yashovchi Bo'ronov Olim xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida oila a'zolariga turli yangi badiiy kitoblar tavsiya etilib, kitob o‘qishning foydalari haqida ham samimiy suhbat olib borildi.
✨ Mazkur tashrif nafaqat kitoblar targ‘iboti, balki kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish va oilalarda mutolaa an’analarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.