Kitob targ'iboti
📚 31-mart kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurildi.
✅Tashrif davomida jajji bolajonlar uchun bir-biridan qiziqarli ertak kitoblari olib borildi. Kutubxona mutaxassislari bolalarga mehr bilan turli ertaklarni o‘qib berib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Ertak qahramonlari, rang-barang kitoblar va maroqli suhbatlar bolajonlarga quvonch ulashdi.
📌 Ushbu tashrif orqali yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ertaklar olamiga oshno etish hamda bolalarning tasavvurini boyitish maqsad qilindi. Bunday kitob targ'ibotlari kelajakda bolalarda kitobxonlikka bo‘lgan ilk qadamlarni mustahkamlashda muhim аҳamiyat kasb etadi.
