Kitob targ'iboti
📚 “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 17-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbir Forish tuman axborot-kutubxona markazi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Forish tuman bo‘linmasi hamda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamkorligida o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida faol kitobxonlar ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri Gʻofur Gʻulomning mashhur asari — Mening o‘g‘rigina bolam kitobi yuzasidan taqdimot tashkil qilindi. Mazkur asar o‘zining samimiyligi, hayotiyligi va tarbiyaviy ahamiyati bilan ajralib turishi, undagi voqealar orqali insoniy fazilatlar, mehr-oqibat va bolalikning beg‘ubor kechinmalari yoritilgani alohida ta’kidlab o‘tildi.