Kitob targ'iboti
30-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Forish tuman 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida Omon Muxtorning “To‘rabekaxonim” asari yuzasidan kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida o‘quvchilarga Omon Muxtorning hayoti va ijodiy faoliyati, adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi hamda “To‘rabekaxonim” asarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Asarda aks ettirilgan tarixiy voqealar, insoniy fazilatlar, milliy qadriyatlar haqida suhbat olib borildi.
