Kitoblar koʿrgazmasi
Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Inson xotirasi aziz, qadri sarbaland" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmasiga 40dan ortiq tarixiy va badiiy kitoblar joylandi. Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yosh avlodni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
