Kitoblar koʿrgazmasi
📚 22-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Giyohvandlik jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📌Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad yoshlar va kitobxonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tushunchalarni kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmaga giyohvandlikning zararli oqibatlari, uning oldini olish, ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda sog‘lom hayot tarziga oid 15 dan ortiq kitob va adabiyotlar joylashtirildi.
