Kitoblar koʿrgazmasi
📚 Joriy yilning 13-avgust kuni Forish tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan "Yoshlar kuni" doirasida kitobxonlarni, ayniqsa, o‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxonaga yangi kelib tushgan adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📌 Ko‘rgazmada Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlari ham alohida o‘rin egalladi. Buyuk mutafakkirlarning boy adabiy va ma’naviy merosi yoshlarni ezgulikka, ilm-ma’rifatga, komillikka hamda yuksak insoniy fazilatlarni qadrlashga undashi bilan ahamiyatlidir.
