Kitoblar koʿrgazmasi
📚18-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ma’naviy qadriyatlarni aks ettiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📌Mazkur ko‘rgazmadan xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy an’analari, urf-odatlari, ma’naviy merosi, axloqiy qadriyatlari hamda insoniy fazilatlarni targ‘ib etuvchi turli adabiyotlar o‘rin oldi. Ko‘rgazmaga joylashtirilgan kitoblar orqali kitobxonlarga ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ezgu qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish va ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishning ahamiyati yoritib berildi.
