Kitoblar koʿrgazmasi
19-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tuman Ma’naviyat markazi hamkorligida faol kitobxonlar ishtirokida “100 kitob haqida kitob” nomli asar yuzasidan kitob taqdimoti o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan asarlar va ularning inson ma’naviyati, dunyoqarashi hamda tafakkurini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga kitobdagi eng e’tiborli va qiziqarli jihatlar haqida ma’lumotlar berilib, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o‘qishga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
