Kitoblar koʿrgazmasi
📚27-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ma’naviy qadriyatlarni aks ettiruvchi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📌 Ko‘rgazmada o‘zbek adabiyotining nodir namunalari, xalqimizning tarixi, milliy o‘zligi, urf-odatlari va ma’naviy dunyosini badiiy yoritib beruvchi asarlar o‘rin oldi. Jumladan, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Oybekning “Navoiy” kabi mashhur romanlari hamda o‘zbek adabiyoti durdonalaridan joy olgan boshqa badiiy asarlar kitobxonlar havola etildi.
🌿 Ko‘rgazma kitobxonlarni o‘zbek adabiyotining bebaho durdonalarini mutolaa qilishga, milliy tariximiz va ma’naviy merosimizni badiiy asarlar orqali yanada chuqurroq anglashga undashga xizmat qildi.
