Kitoblar koʿrgazmasi
📚9-sentabr kuni Forish tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati hamda 33-umumta’lim maktabi kutubxonachisi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda yangi o‘zgarishlar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
📌Mazkur ko‘rgazmada mamlakatimizning tarixiy va ma’naviy merosi, bugungi kundagi bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bag‘ishlangan adabiyotlar o‘rin oldi.
✅Ko‘rgazmada O‘zbekistonning boy tarixi, milliy qadriyatlari, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarini yorituvchi kitoblar namoyish etildi.
