Kitoblar koʿrgazmasi
📚 24-sentabr kuni Forish tuman Kelajak markazi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan, tashrif buyurgan yoshlar uchun yangi badiiy hamda o‘quvchi yoshlar uchun mo‘ljallangan kitoblardan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
📖 Ko‘rgazmadan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan turli janrdagi yangi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan kitoblar o‘rin oldi.
🎭 Tadbir davomida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan turli badiiy chiqishlar, she’riy aytishuvlar, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etildi. Yoshlarning o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etgan chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi..

