Kitoblar koʿrgazmasi
25-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tuman 1-umumta'lim maktabi biln hamkorligida faol kitobxonlar ishtirokida “DUNYO MAMLAKATLARI” nomli asar yuzasidan kitob taqdimoti o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda dunyo mamlakatlarining tarixi, geografik joylashuvi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, madaniyati va o‘ziga xos jihatlari haqida berilgan ma’lumotlar ishtirokchilarga batafsil tanishtirildi. Kitobning yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, turli xalqlar hayoti va madaniyatiga qiziqishni oshirish hamda geografik bilimlarni boyitishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
