Kitoblar koʿrgazmasi
📚 Joriy yilning 29-sentabr kuni Forish tumani axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan kitobxonlarning mutolaa madaniyatini oshirish, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Ko‘rgazmadan kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy, ilmiy-ommabop, ma’rifiy hamda turli yo‘nalishdagi adabiyotlar o‘rin oldi.
