Kitobxon onalar
✅✅Har oyning 17-sanasida o‘tkazib kelinayotgan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxon ayollar o'rtasida 15-avgust kuni "Kitobxon Ayol – Yuksak jamiyat asosi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
✅✅Tadbirda onalar, opa-singillar va faol kitobxon ayollar ishtirok etishdi. Suhbat davomida ayollarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va farzand tarbiyasida kitobning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.