Kitobxon onalar kuni
Har oyning 17-sanasida o‘tkazib kelinayotgan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2-son bolalar bag'chasi xodimlari o‘rtasida Obiddin Mahmudovning "Farzandnoma" kitobi yuzasidan "Oilada farzand tarbiyasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida oilaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, ota-onaning mas’uliyati, ijtimoiy tarmoqlarning yosh avlodga ta’siri kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi. Bolalarda axloqiy va ma’naviy tarbiyani shakllantirish, ularda mustaqil fikrlash va ijobiy xulq-atvorni rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.