Kitobxon onalar kuni
Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan 16-mart kuni Forish tuman 12-umumta'lim maktab o'quvchi qizlar o'rtasida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar, ayniqsa qizlar ongida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni hamda oilada kitob mutolaasining ahamiyati haqida tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.
📌Davra suhbati davomida kitobxon onalar farzand kamolotida muhim o‘rin tutishi, oilada kitob o‘qish muhiti shakllansa, farzandlarning dunyoqarashi kengayib, bilimga bo‘lgan qiziqishi ortishi haqida fikrlar bildirildi.
