Kitobxon onalar kuni
Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan 27-aprel kuni Forish tuman Ixtisoslashgan maktab o'quvchi qizlar o'rtasida ma’naviy-ma’rifiy “Qizlar tarbiyasida kitobning o‘rni” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar, ayniqsa qizlar ongida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni hamda oilada kitob mutolaasining ahamiyati haqida tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.
📌Davra suhbati davomida qizlar bilan kitobning inson kamolotidagi o‘rni, mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati, ilmli va ma’rifatli ayol jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi haqida suhbatlashildi. Shuningdek, yosh qizlarga odob-axloq, oilaviy qadriyatlar, kelajakda bilimli, ma’naviyatli va vatanparvarlik haqida tushunchalari berildi.
