Kitobxonlik_haftaligi
21-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi, 1-umumta'lim maktabi hamda Barkamol avlod bolalar maktabi birgalikda "Kitobxonlik haftaligi" tadbirining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirni 1-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi B.Bo'ltakova ochib berdi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan tashkil qilingan turli xil sahna ko'rinishlar hamda savol javob viktorina o'yinlari va qiziqali kuy - qo'shiqlar hamda raqslar ijro etildi.