Kitobxonlik_haftaligi
21-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan "O'zbekiston-kitobxonlar yurti" V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Barkamol avlod bolalar maktabi to'garak ishtirokchilari o'rtasida "Ertaklar olami" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbat davomida yosh kitobxonlarga TAKM xodimi tomonidan turli xil o'zbek xalq ertaklari, jahon xalq ertaklari haqida ma'lumot berib o'tildi.