Ko'chma kutubxona
✅30-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan aholi va yoshlarni kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Forish tuman Davlat o'rmon ov xo'jaligi bo'limiga xodimlarining qiziqishi asosida yangi adabiyotlar yetkazildi. Mazkur tashabbus orqali xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilimlarini boyitish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
📚"Kitobni ko‘p o‘qigan odam hech qachon yo‘lini yo‘qotmaydi."
