Ko'chma kutubxona
📚5-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Forish tuman Yomchi qishlog‘ida joylashgan “Koinot” bolalar oromgohiga yozgi ta’til davrida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda bilim va dunyoqarashlarini boyitish maqsadida 150 dona kitob topshirildi.
📕Mazkur kitoblar orasidan bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, ertaklar, qiziqarli hikoyalar, sarguzasht asarlar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar o‘rin olgan. Ushbu tashabbus yosh avlodning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish va kitobga bo‘lgan mehrini mustahkamlashga xizmat qiladi.
📖 “Kitob o‘qigan bola – kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi.”
