Ko'chma kutubxona
✅6-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqtirishni oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-9-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Forish tuman Davlat o‘rmon va ov xo‘jaligi bo‘limida "Kitob burchagi" tashkil etildi.
✅Tashrif davomida muassasa xodimlarining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqib, badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangi adabiyotlar yetkazib berildi. Shuningdek, xodimlar ishtirokida "Kitob o‘qish soati" tashkil etilib, kitob mutolaasining inson ma’naviyati, kasbiy salohiyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazildi.
📚"Kitobni ko‘p o‘qigan odam hech qachon yo‘lini yo‘qotmaydi."
