Ko'chma kutubxona
📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 7-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlikni targ‘ib etish va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Forish tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
✅Ko‘chma kutubxona orqali bo‘lim xodimlariga badiiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy hamda kasbiy yo‘nalishdagi adabiyotlar taqdim etildi. Shuningdek, xodimlar ishtirokida "Kitob o‘qish soati" tashkil etilib, mutolaaning inson kamoloti, tafakkuri va ma’naviy dunyosini boyitishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
📚"Kitobni ko‘p o‘qigan odam hech qachon yo‘lini yo‘qotmaydi."
