Ko'chma kutubxona
📚24-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlikni targ‘ib etish va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Forish tuman Oybek MFY bo‘limida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
✅Ko‘chma kutubxona orqali bo‘lim xodimlariga badiiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy hamda kasbiy yo‘nalishdagi adabiyotlar taqdim etildi. Shuningdek, xodimlar ishtirokida "Kitob o‘qish soati" tashkil etilib, mutolaaning inson kamoloti, tafakkuri va ma’naviy dunyosini boyitishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
📚"Kitobni ko‘p o‘qigan odam hech qachon yo‘lini yo‘qotmaydi."
