Ko'chma kutubxona
📚 22-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Forish tuman Bog‘don MFY bo‘limi xodimlari uchun ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
📖 Ko'chma kutubxona davomida xodimlarning ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqib, turli yo‘nalishdagi yangi adabiyotlar yetkazib berildi. Taqdim etilgan asarlarning mazmun-mohiyati, mavzusi va kitobxon uchun ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, mutolaa uchun tavsiyalar bildirildi.
📌 Mazkur tashabbus xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish hamda muntazam mutolaa qilishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Shuningdek, ko‘chma kutubxona orqali aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
