Ko'chma kutubxona
📚12-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan aholi va yoshlarni kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida 5-sonli bolalar bog'chasiga xodimlarning talablari asosida yangi adabiyotlar olib borildi. Ko'chma kutubxona davomida bolajonlarga qiziqarli ertak kitoblardan o'qib berildi. Bunday tadbirlar nafaqat kitobni sevishga undaydi, balki bolalarda tasavvur, nutq, tafakkur va ezgulik kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday tadbirlar orqali kutubxona xodimlari yosh avlodni kitobga oshno etish va ularning ma’naviy dunyosini boyitishni davom ettirmoqda.