Ko'rgazma
📚20- may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79-yilligiga bag‘ishlab "Halima Xudoyberdiyeva -Qalb va Qalam sohibasi" nomli kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi. Halima Xudoyberdiyeva oʻz ijodida ayol va ona obrazlarining sehrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning toʻlaqonli va faol aʼzolari, balki shu jamiyatning ko`rki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi. Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sogʻlom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi moʻ`jizaviy kuchdir. U oʻzbek ayollarining oʻy xayollarini, ichki kechinmalarini yorqin tasvirlaydi, zamondoshlarida ayollarga nisbatan hurmat va muhabbat tuygʻularini oʻstirishga intiladi.
