Kutubxona-nurxona
Forish tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxon klub a'zolari o'rtasida "Kutubxona-nurxona nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida TAKM xodimi M.Ayasova tadbir ishtirokchilarga Kutubxona haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi.
Kitob dilga nur beradi, Dil nuridan esa inson ko'zi ravshanlanadi, olamni ko'radi, anglaydi, to'g'ri yo'l ila baxt - saodat topadi. Zaminni, ona tabiatni odtob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, yoritadi va nurlantiradi.
"Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va alq idrokning ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir" degan edi sarkarda Amir Temur bobomiz.