Kutubxonachilik va mutolaa madaniyati
Forish tuman axborot-kutubxona markazida "Kutubxonachilik va mutolaa madaniyati" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda tuman AKM xodimlari, umumta`lim maktab kutubxonachilari va Barkamol avlod bolalar maktabi xodimlari ham qatnashdilar. Seminarda tuman AKM axborot-bibliografiya xizmati tomonidan yosh kitobxonlar va mahalla kitobxonlari o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish haqida so`z yuritildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish ham aholini kitobxonlikka bo`lgan qiziqishini ortishiga yordam beradi.