Kutubxonaga sayohat
✅ “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Forish tuman axborot-kutubxona markaziga Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tashrif buyurdilar va kutubxona bo‘ylab "Kitoblar olamiga sayohat" nomli ekskursiya uyushtirdilar.
Sayohat davomida o‘quvchilar bolalar adabiyoti burchagi hamda badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
