Kutubxonaga sayohat
11-fevral kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markaziga Barkamol avlod bolalar maktabining to'garak ishtirokchilari tashrif buyurdilar va kutubxona bo`ylab sayohat uyushtirdilar. Axborot bibliografiya xizmati tomonidan faol kitobxonlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida kutubxona kitob fondi hamda yangi adabiyotlar haqida malumot berib o'tdilar.
