Kutubxonaga sayohat
19-fevral kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markaziga Barkamol avlod bolalar maktabining to'garak ishtirokchilari tashrif buyurdilar va kutubxona bo`ylab sayohat uyushtirdilar. Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Oltin Baliq ertak kitobi yuzasidan kitob obzor o'tkazildi hamda faol kitobxonlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida kutubxona kitob fondi va yangi adabiyotlar haqida malumot berib o'tdilar.
