Kutubxonaga sayohat
✅ 7-aprel kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markaziga 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tashrif buyurib, kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirdilar.Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan faol kitobxonlarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish maqsadida kutubxona kitob fondi, yangi kelgan adabiyotlar hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 📌Shuningdek, buyuk sarkarda, davlat arbobi va Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. ❇️Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar haqida qisqacha, mazmunli ma’lumotlar berib o‘tildi.
