Kutubxonaga sayohat
📚 “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 14-aprel kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markaziga 55-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tashrif buyurib, kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirdilar.
Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan faol kitobxonlarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish maqsadida kutubxona kitob fondi, yangi kelgan adabiyotlar hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
