Kutubxonaga sayohat
📚29-aprel kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markaziga 1-umumta’lim maktabining boshlang'ich sinf o‘quvchilari tashrif buyurib, kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirdilar. Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan o'quvchilarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish maqsadida kutubxona kitob fondi, bolalar uchun adabiyotlar hamda kutubonadan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
