Kutubxonaga sayohat
📚12 - may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 59-umumta'lim maktab o'quvchilari tashrif buyurdilar. Ekskursiya davomida kitobxonlar kutubxonadagi kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar. Kitobxonlar o'qishi uchun turli mavzudagi adabiyotlar tavsiya etildi. Shunday ekskursiyalar yoshlarimizni kitob o'qishga qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
