Kutubxonaga sayohat
📚20-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 55-umumta'lim maktab o'quvchilari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida kitobxonlar kitob fondi, O`lkamizdan chiqqan yozuvchi ,shoirlar va taniqli shaxslar bilan yaqindan tanishdilar. Kitobxonlar mutolaa qilishlari uchun turli mazmundagi adabiyotlar tavsiya etildi. Shunday ekskursiyalar yoshlarimizni kitob o'qishga qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
