Kutubxonaga sayohat
✅19-iyun kuni Forish tuman 7-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga kutubxona fondi, yangi adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.
📚Shuningdek, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning “Ufq” asari haqida ham qisqacha so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, asarda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi xalq hayoti, insonlarning sabr-toqati, mehnatsevarligi va vatanparvarlik tuyg‘ulari badiiy tasvirlangan.
